Maxsus imkoniyatlar

Konferensiyalar

     Joriy yilning 14-15 may kunlari Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Boshoqli don, dukkakli hamda yem-xashak ekinlarini yangi navlarini yaratishda va yetishtirishda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

      Ayni daqiqalarda konferensiyaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Dunyoning turli davlatlaridan va yurtimizdagi ilmiy muassasalarda faoliyat ko‘rsatuvchi olimlar institutga tashrif buyurmoqda. Xalqaro konferensiyada sohadagi dolzarb muammolarga yechim izlanib, erishilgan natijalar o‘rtoqlashiladi. Asosiy tadbirlar ertaga, 15-may kuni bo‘lib o‘tadi.

.

       Birozdan so‘ng Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Boshoqli don, dukkakli hamda yem-xashak ekinlarining yangi navlarini yaratish va yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshlaydi.

       Anjumanda sohaga oid dolzarb muammolarga yechim izlanadi, erishilgan natijalar tajriba sifatida o‘rtoqlashiladi.

 

 

 

 

      Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Boshoqli don, dukkakli hamda yem-xashak ekinlarining yangi navlarini yaratish va yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda.

      Anjumanning amaliy qismi institutning tajriba dalasida o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilar so‘nggi yillarda yaratilgan bug‘doyning yangi navlari bilan tanishib, ularning xususiyatlari va afzalliklarini o‘rganishyapti.

      Institut direktori, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Ravshanbek Siddiqlov konferensiya ishtirokchilariga g‘allachilikdagi dolzarb vazifalar yuzasidan ma’lumot va tavsiyalar berib, xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga oid natijalarni ham taqdim etmoqda.

      Anjumanda xorijiy davlatlardan soha olimlari, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, mutaxassislar va fermerlar faol ishtirok etishmoqda.

       Ushbu o'tkazilgan konferensiyaning ikkinchi qismi institutning konferensiya zalida davom etdi.Unda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi  mahalliy maslaxatchisi Esonov Xayrullo Ubaydullaevich, shuningdek, anjumanda Rossiya Federatsiyasidan Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, ko‘plab sharsimon bug‘doy navlarining muallifi Aleksandr Nikolaevich Borovik, Rossiya Federatsiyasi P.P.Lukyanenko nomidagi Milliy don markazining “Bug‘doy va tritikale seleksiyasi va urug‘chiligi” bo‘limi innovatsion ishlanmalarni joriy etish sektori katta ilmiy xodimi svirinko Vladimir Grigorevich, Belorus davlatidan Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Belarus Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Belarus Milliy fanlar akademiyasining ikki marta laureati Autko Aleksandr Aleksandrovichlar tadimotlar qildilar.

      Xuddi shuningdek, dastur tartibi boʻyicha anjumanda onlayn platforma orqali maʼruzalar tinglandi. Va unga koʻra "V.S.Pustovoyta" nomidagi Butunrossiya moyli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Sibir tajriba stansiyasi direktor oʻrinbosari, yetakchi ilmiy xodimi, q.x.f.d. Galina Kuznetsova Nikolayevna, SOKO kompaniyasi, Seleksiya boʻlimi boshligʻi, yetakchi ilmiy xodimi, q.x.f.n Albert Shegolkov Valeryevich, ushbu kompaniyaning Seleksiya boʻlimi ilmiy xodimi, q.x.f.n Zima Dmitriy Yevgenovich va bir qator xalqaro tashkilot olimlari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.