Joriy yilning 14-15 may kunlari Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Boshoqli don, dukkakli hamda yem-xashak ekinlarini yangi navlarini yaratishda va yetishtirishda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Ayni daqiqalarda konferensiyaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Dunyoning turli davlatlaridan va yurtimizdagi ilmiy muassasalarda faoliyat ko‘rsatuvchi olimlar institutga tashrif buyurmoqda. Xalqaro konferensiyada sohadagi dolzarb muammolarga yechim izlanib, erishilgan natijalar o‘rtoqlashiladi. Asosiy tadbirlar ertaga, 15-may kuni bo‘lib o‘tadi.