Maxsus imkoniyatlar

Boshoqli don ekinlari yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi

Boshoqli don ekinlari yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi

Laboratoriya mudiri: Rahmonov Shuxratjon Husanboevich

Laboratoriya vazifalari.  Boshoqli don ekinlarini yetishtirish agrotexnikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib boriladi. Seleksiya jarayonida yangi yaratilgan mahalliy va chetdan keltirilgan navlarni Respublikamizning turli mintaqalari uchun introduksiya qilinadi. Har bir yangi yaratilgan navlar uchun maqbul urug‘ ekish muddatlari, me’yorlari, oziqlantirish me’yorlari, sug‘orish me’yorlari va tashqi muhit omillariga chidamliligi bo‘yicha ilmiy asosda sinovlarni olib borish,  tashkil etish muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Erishgan yutuqlari. Boshoqli don ekinlari yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi tomonidan Respublikamizning turli mintaqalari uchun, yangi yaratilgan mahalliy va chetdan keltirilib introduksiya qilingan, tashqi muhit omillariga chidamli bo‘lgan, boshoqli don ekinlarini serhosil, don sifati yuqori, navlarni maqbul urug‘ ekish muddatlari, me’yorlari, oziqlantirish me’yorlari, sug‘orish me’yorlari bo‘yicha sinovlar o‘tkazilib, olingan natijalar bo‘yicha Respublikamizning shimoliy mintaqasi ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati sharoitida g‘allaning sovuqqa, sho‘rga chidamli mahalliy “Asr”, “Davr”, “Zvezda”, “O‘zbekiston-25”, “Qadr”, “Nodir”, “Ravnaq” navlari introduktsiya qilingan Krasnodar seleksiyasiga oid navlardan “Alekseeich”, “Antonina”, “Gurt”, “Graf”, “Gomer”, “Axmad”, “Timiryazevka-150” navlari, Janubiy mintaqa Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida erta va o‘rtapishar, kasalliklarga chidamli mahalliy “Davr”, “Ultra”, “Nodir”, “Navbahor”, “Aziz”, “ASR”, “Bobur”, “Zvezda”, “Yog‘du” navlari va introduktsiya qilingan Krasnodar seleksiyasiga mansub “Yesaul”, “Bezostaya-100”, “Tabor”, “Alekseeich”, “Antonina”, “Soberbash”, “Vexa”, “Vassa”, “Graf” navlari, Markaziy mintaqa Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarida kasalliklarga, issiqqa, sho‘rga va tuproq qurg‘oqchiligiga chidamli mahalliy navlar “Asr”, “Andijon-2”, “Davr”, “Nodir”, “Qadr”, “Aziz”, “Yog‘du”, “Andijon-4”, “Zvezda”, “Bobur”, “Qoradaryo”, “O’zbekiston-25” navlari, introduktsiya qilingan Krasnodar seleksiyasiga mansub “Starshina”, “Yesaul”, “Grom”, “Alekseich”, “Antonina”, “Bezostaya-100”, “Gurt”, “Vassa”, “Soberbash”, “Vexa”, “Gurt” Farg‘ona vodiysi Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida mahalliy navlardan “Asr”, “Andijon-4”, “Bobur”, “Davr”, “Nodir”, “Qadr”, “Aziz”, “Zvezda”, “Yog‘du”, “O‘zbekiston-25”, navlari, Krasnodar selektsiyasiga mansub “Gurt”, “Alekseich”, “Antonina”, “Graf”, “Soberbash”, “Vexa”, “Timiryazevka-150”, “Axmad”, “Bezostaya-100” navlari mintaqa sharoiti uchun mos bo‘lib, keng maydonlarga ekib yuqori don hosili olishga erishilmoqda.