Maxsus imkoniyatlar

Seminarlar

    Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Navoiy ilmiy tajriba stansiyasi dala maydonida kuzgi bugʻdoy navlarini xorijiy va mahalliy navlari bilan tanishish hamda urugʻlik maydonlarni aprobatsiyadan oʻtkazish boʻyicha koʻrgazmali dala oʻquv seminari tashkil etildi. 
    Seminarda Navoiy viloyati hokimligi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va tuman boʻlimlari boshliqlari, OʻzAgroInspektsiyaning viloyat boshqarmasi, urugʻchilik markazi, AKIS mutaxassislari, urugʻchilik fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
    Seminar davomida urugʻlik dala maydonidagi kuzgi bugʻdoyning oʻta ertapishar "Ultra" navi oʻrib yigʻishtirildi va dala maydoni unumli texnikalarda tayyorlanib, takroriy ekin sifatida gʻoʻza, soya, kungaboqarni ertapishar navlari ekildi.