Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti haqida
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti 1997-yilda “Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti” nomi bilan ish boshlagan.
Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 413-son qarori bilan “Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2125-son qarori bilan “Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti”ga o‘zgartirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6159-son Farmoni va 2021-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4975-son qaroriga, Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 8 fevraldagi 23-son va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2021-yil 12-fevraldagi 2-son buyrug‘i asosida qayta tashkil etilgan.
2. Ilmiy tadqiqot institutining hozirgi holati, nechta ilmiy-tajriba stansiyalari va qancha yer maydoni mavjudligi, xodimlar soni, ilmiy salohiyati, laboratoriyalari, drayver ilmiy yo‘nalishlari, oxirgi 5 yil davomida qo‘lga kiritilgan kamida 5 ta muhim ilmiy natija (yangi nav, agrotexnika, yondashuv, ishlanma va hokazolar), xorijiy hamkorlik faoliyati haqida.
Ilmiy tadqiqot institutida jami 1044,95 gektar, shundan 976,2 gektari qishloq xo‘jaligida foydalanilanish uchun ajratilgan. Sug‘oriladigan maydon 976,2 ga tashkil etadi.
Tarkibiy tuzilmasida jami 10 ta ilmiy-tajriba stansiyalari mavjud:
1. Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi,
2. Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi,
3. Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasi,
4. Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi,
5. Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasi,
6. Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi,
7. Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasi,
8. Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi,
9. Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasi
10. Ozuqa ekinlar ilmiy-tajriba stansiyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Institutda jami 230 nafar xodimlar faoliyat yuritadi. Shundan ilmiy xodimlar – 60 nafar (Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi – 1 nafar, Turon Fanlar Akademiyasi akademiklari – 3 nafar, professorlar – 8 nafar, fan doktorlari – 11 nafar, fan nomzodi – 18 nafar). Ilmiy salohiyat 48,3 % ga teng.
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida 8 ta laboratoriya faoliyat yuritadi.
- Boshoqli don ekinlari yetishtirish agrotexnikasi laborotoriyasi.
- Soya va moy ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnikasi laborotoriyasi
- Boshoqli don ekinlar genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi laborotoriyasi
- Agrokimyo va tuproqshunoslik laborotoriyasi
- Ozuqa va noan’anaviy ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnikasi laborotoriyasi
- Dukkakli don ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnikasi laborotoriyasi
- O‘simliklar fiziologiyasi, don sifat va biokimyo laborotoriyasi
- O‘simliklarni begona o‘tlar, kasallik va xashoratlardan ximoya qilish laborotoriyasi.
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti soha rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan, Rossiya, Xitoy, Vengriya, Turkiya va boshqa davlatlardagi ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan memorandum va shartnomalar asosida ilmiy hamkorlik qilmoqda.
Bugungi kunda institutning seleksioner olimlari P.P.Lukyanenko nomli Krasnodar qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutidan 200 ga yaqin, V.S.Pustovoyt nomli Butunrossiya moyli ekinlar ilmiy tadqiqot institutidan 30 ta, Zenrograd shahridagi Donskoy agrar ilmiy markazidan 20 ta, Saratovning Yugo-vostok ilmiy-tadqiqot institutidan 10 ta, Serbiya davlatining Novыy sad ilmiy tadqiqot institutidandan 10 dan ortiq, Turkiyaning Adana viloyatida joylashgan O‘rtayer qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutidan ekin turlaridan 65 ta nav va namunalar keltirilib, ular institut olimlari tomonidan har tomonlama o‘rganilmoqda