Ogohlik davr talabi! “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida zilzila bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Andijon viloyati Favqullodda vaziyatlar boshqarmasi bilan xamkorlikda o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi TB boshlig‘i, podpolkovnik A.Umarov institut xodimlariga zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng qanday xarakatlanish bo‘yicha muxim tavsiyalarni berdi.