Maxsus imkoniyatlar

#JARAYON


 

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti oʻrtasida ta'lim sohasidagi hamkorlik ishlari davom etmoqda.

 Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining "Qishloq xo'jaligi ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi" ta'lim yo'nalishi IV bosqich talabalari amaliy dual darslarni oʻtish maqsadida ilmiy-tadqiqot institutining dala tajriba maydonlariga tashrif buyurishdi. 
 Talabalar tashrif davomida "Dukkakli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnikasi" laboratoriyasining tajriba maydonlarida oʻstirilayotgan ekinlarning nav va tizmalarini oʻrganish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
 Mazkur laboratoriya mudiri Zafarjon Yakubov talabalarga oʻsimliklarning hozirgi holati, tajriba qoʻyish uslubiyati hamda fenologik kuzatuvlarni dala sharoitida olib borish tartibi va shunga oʻxshash sohaga oid qiziqarli mavzular yuzasidan batafsil ma'lumotlar berib oʻtdi.