Maxsus imkoniyatlar

Seminars

     Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi tajriba dalasida “Boshoqli don ekinlari uchun bahorgi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, oziqlantirish va sug'orish, begona o'tlar va kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurashish va biostimulyatorlar bilan bargdan oziqlantirish tadbirlari jarayoni  bilan tanishtirish” bo'yicha dala o'quv seminari bo'lib o'tdi.                                                   

   Yig'ilishda Ishtixon tumani hokimining qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari, Samarqand Agroxizmatlar markazi Ishtixon tumani vakili, tuman Fermerlar kengashi raisi, tuman Agroinspeksiyasi boshligi, Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti q.x.f.f.d. G'.S.G'aybullaev va Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi laboratoriyasi mudiri q.x.f.d. professor P.X.Bobomirzaevlar  hamda g'allachilik fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.